“Eco Bekat”
Muallif:
Asadbek Xusanov
Holati:
Tasdiqlandi
“Yoshlar chekishga qarshi” loyihasi: “Eco Bekat”
Loyihaning maqsadi:
Hozirgi kunda chekish dunyo bo‘ylab tobora ommalashib bormoqda. Biroq, bu nafaqat inson salomatligi, balki atrof-muhit uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu sababli, biz “Eco Bekat” loyihasini taklif qilamiz. Ushbu loyiha doirasida bekatlarda maxsus chekish joylari tashkil qilinadi. Ushbu zonalarda:
• Tutunni filtrlash uchun maxsus uskuna o‘rnatiladi,
• Havoni ifloslanishdan himoya qilish choralari ko‘riladi.
Taklifning ahamiyati:
Ushbu loyiha nafaqat havoning ifloslanishini kamaytirishga yordam beradi, balki odamlarning salomatligi va ekologik madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi. Chekish uchun ajratilgan maxsus joylar orqali tutunning tarqalishini cheklab, jamoat joylarida havoning sifatini yaxshilash mumkin.
Bu tashabbus yoshlar o‘rtasida chekishga qarshi kurashishga, atrof-muhitni asrashga va kelajak avlodlarga toza havo qoldirishga qaratilgan.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!