Volontyorlik faoliyatini rivojlantirish orqali yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, global muammolarga e’tibor qaratish.
Volontyorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus fondlar tashkil qilish. Volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus fondlarni moliyaviy qo'llash uchun davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirokida tashkil etish. Ushbu fondlar quyidagi yo‘nalishlarda mablag‘ ajratadi: 1.Ekologik aksiyalar (yashil hududlar barpo etish, chiqindilardan foydali narsalar qilish). 2.Tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan hududlarda yordam ko‘rsatish. 3.Nogironligi bor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha volontyorlik dasturlarini amalga oshirish. 4.Xalqaro loyihalarda qatnashishga iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash. 5. Ko'ngilli donorlarni jalb qilish va mukofotlantirish uchun loyihalar tashkillashtirish. Fond faoliyatiga homiylarni jalb qilish: 1.Mahalliy tadbirkorlar va ijtimoiy mas’uliyat dasturlari orqali jalb qilish. 2.Mansabdor shaxslarni xayriya va ijtimoiy faoliyatda faol ishtirok etishga undash. 3. Xalq orasidan donetchilar ko'ngilli mablag‘ ajratish orqali biror loyiha yoki insonni qo‘llab-quvvatlashi. 4. Volontyorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari joriy etish.