Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim sifatini oshirish uchun har bir sinfda o'quvchi sonini 25 nafardan oshirmaslik, maktablarda bir smenada o'qishni tashkil etish. Buning natijasida darsdan bo'sh paytlarda turli to'garaklar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish imkoniyati yaratiladi. Bu esa o'quvchilarda milliy vatanparvarlik, vatanga sadoqat kabi tuyg'ularni shakillantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, 7-sinfdan tabaqalashtirilgan ta'limni ya'ni o'quvchi o'zi qiziqqan yo'nalishlar bo'yicha chuqurroq bilim olishini tanlash imkonini berish lozim deb o'ylayman. Bu kelajakda o'quvchining yetuk mutaxasis bo'lishi uchun zamin yaratadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!