Xayriya faoliyatini yanada rivojlantirish
Muallif:
Dilyorbek Rustamov
Holati:
Tasdiqlandi
Barcha O'zbekistonliklar orasida ommabop bo'lgan ilovalar bilan kelishilgan holda barcha ilovalarga xayriya bo'limlarini kiritish lozim. Bunda Click ilovasida xayriya bo'limida "Inson uchun","Ona" va "Mehrli qo'llar" kabi tashkilotlarning yordamga muhtoj insonlarga mablag' yig'ish imkoniyati yaratilgan. Tugallangan jarayonlar orqali ko'rishimiz mumkinki bu ancha samarali hisoblanadi.
Shu sababdan davlat va nodavlat ilovalarda xayriya bo'limlarini tashkil etish va yordamga muhtoj insonlarga mablag' yig'a olish imkoniyatlarini oshirish kerak. Bundan tashqari yordamga muhtoj
Yosh oilalar uchun yordam bo'limi: Temir daftar ro'yxatidagi oilalar va muhtoj yosh oilalarga yordam ko'rsatishni targ'ib qilish.
Yoshlar uchun xayriya bo'limi: Yoshlar daftaridagi iqtidorli va ijtimoiy muammolarga duch kelgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash.
Ayollar va onalar uchun bo'lim: Onalik ta'tilidagi, yolg'iz onalar yoki yordamga muhtoj ayollarga yordam ko'rsatish.
Ilovalar tomonidan foydalauvchilarni ko'proq xayriya ishlarida faolligini oshirish uchun bonuslar, chegirmalar kabilarni e'lon qilish mumkin bo'ladi. Misol uchun taom yetkazib beruvchi yoki taksi xizmatlarini ko'rsatuvchi ilovalarda qilingan xayriyalar uchun ular tomonidan chegirmalar berilishi mumkin bo'ladi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!