"Yoshlar ishlari agentligi stipendiyasi"
Yo'nalish:
Volontyorlik va millatlararo munosabatlar
Muallif:
Naziraxon Ubaydulayeva
Holati:
Tasdiqlandi
Oliy ta’lim muassasalaridagi volontyorlar safini kengyatirish, talaba-yoshlarning loyiha va tadbirlardagi qamrovini oshirish maqsadida “Yoshlar ishlari agentligi stipendiyasi”ni joriy qilish. Har semestrda bitta OTMdan 5 nafar talabaga (BHMning 2 baravari 750 ming so‘m miqdorida) beriladi. Mahalliy “Yoshlar daftari” jamg‘armasi yoki Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” mablag‘lari orqali amalga oshiriladi. Nomzodlarni saralashda talabalarning Yoshlar ishlari agentligi tizimidagi loyiha va tadbirlarda faolligi, volontyorlik yo‘nalishidagi ishlari, “Ibrat academy” ilovasidan olgan sertifikatlari, “Mutolaa” ilovasidan o‘qigan kitoblari, “UzChess”, “UstozAI” va “Qizlar akademiyasi” ilovalaridan foydalanish holati inobatga olinadi. Natijada Agentlik faoliyatiga qiziquvchi, tizimdan xabardor yoshlar safi kengayib, zaxira kadrlar bazasi mustahkamlanadi. Volontyorlar soni ortadi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!