yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Talabalarga to'lov kontrakti to'lanishiga o'zgartirish kiritish

Muallif: Naziraxon Ubaydulayeva
Holati: Tasdiqlandi
"Yoshlar dafari” orqali kontrakt-to‘lovlari to‘lab berilgan talaba yoshlarning ta’lim muassasalaridagi darsliklarni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim darajalari inobatga olinmasdan kelinmoqda. Shuningdek, 1-bosqich talabalariga to‘lov kontraktining boshlang‘ich summasi “Yoshlar daftari”dan to‘lab berilgach, qolgan to‘lovini o‘zi amalga oshirolmayotgan va o‘qishni to‘xtatayotgan holatlar mavjud. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga professional va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining ta’lim to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish tartibi”ga o‘zgartirish kiritilib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 71%dan yuqori bo‘lgan professional va oliy ta’lim muassasalari talabalari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining birinchi bosqichiga qabul qilingan talabalar to‘lov-kontrakt summasining 50%ini to‘lagach va 1-semestr o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari 71%dan yuqori bo‘lgan talabalarning to‘lov kontrakt summasining 50%gacha bo‘lgan qismi “Yoshlar daftari” jamg‘armasi orqali to‘lab berilishini yo‘lga qo‘yish.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.