Yashil talim hamkorlik dasturi
Taklif qilinayotgan loyiha Yashil iqtisodiyot va ta'lim hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib "Yashil Ta'lim Hamkorlik Dasturi" deb nomlanadi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida sohasidagi tajriba almashinuvini kengaytirish maqsadida Turkiyadagi ilg‘or yashil energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan amaliyot shartnomalarini yo‘lga qo‘yiladi. Bunda: Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbek talabalarini birinchi navbatda amaliyotga jalb qilinadi. Keyinchalik O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari talabalari va sohada faoliyat yuritayotgan yosh kadrlar uchun ham maxsus amaliyot dasturlari tashkil etiladi. Hozirgi kunda Turkiyada tahsil olayotgan O’zbek talabalar soni 6247 nafar, xususan, birgina Istanbul shahrining o’zida 3060 nafarni tashkil qilmoqda. (Turkiya Ta’lim Vazirligi Oliy Talim Kengashi ma’lumotlariga ko’ra). Ulardan bir qismi muhandislik, energetika va texnologiya sohalariga ixtisoslashgan. Loyihaning mohiyatini va aniqlashtirilgan jarayonini AKSA Enerji shirkati va Istanbuldagi O’zbek talabalar qiyosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin: Avvalo AKSA Enerji haqida qisqacha ma’lumot berib o’tsak: AKSA Enerji 1997-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Turkiyaning yetakchi energetika kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya shamol, quyosh, tabiiy gaz, dizel va termal energiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda AKSA Enerji faqat Turkiyada emas, balki Osiyo, Afrika va boshqa mintaqalarda ham faoliyat yuritadi. Markaziy binosi Istanbulning Beshiktash tumanida joylashgan. Hamkorlik modeli quyidagicha: Vakillarimiz tomonidan AKSA Enerji kompaniyasi bilan o’zaro quyidagi faoliyatlar bo’yicha shartnoma imzolanadi: - Amaliyot dasturlari: AKSA Enerjining Istanbuldagi filiallari orqali o‘zbek talabalarini qisqa va uzoq muddatli amaliyot dasturlariga jalb qilish; - Yashil energetika bo‘yicha treninglar: Yashil energiya sohasi va texnologiyalari bo‘yicha mahorat darslari va mentorlik kurslari o‘tkazish; Kutilayotgan natijalar esa: 1. O‘zbekiston yoshlari uchun tajriba: AKSA Enerji va boshqa kompaniyalar vositasida Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbek talabalar zamonaviy texnologiyalar va ularning boshqaruv tizimlarini o‘rganishadi. Bu ayniqsa jadidlarimizda ham kuzatilganidek chet eldan bilim va tajriba bilan qaytish deganidir. 2. Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning kengayishiga sabab bo’ladi: Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanadi. Jumladan, taraflar uchun ikki tilli va malakali kadrlar yetishib chiqadi; 3. Uzoq muddatli rivojlanish: O‘zbekistonning yashil energetika sohasidagi uzoq muddatli dasturlarining rivoji uchun yoshlarimiz AKSA Enerji va boshqa kompaniyalarning tajribasidan foydalanishadi. Yashil iqtisodiyot bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘zlashtirishadi. Loyihaning istiqbollari quyidagicha: Bu loyiha faqat Istanbuldagi o‘zbek talabalariga emas, balki kelgusida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi energetika bo‘yicha amaliyot va trening dasturlari uzoq muddatli hamkorlikning poydevorini yaratadi va O‘zbekistonning yashil iqtisodiyot strategiyasini tezlashtiradi. Bundan tashqari huddi shu model bilan boshqa davlatlardagi vakilliklar tomonidan erishilgan shartnomalar nafaqat energetika balki boshqa sohalarda ham katta foyda keltiradi deb ayta olamiz. Hozirda Istanbulda tahsil olyapman. Telegram: @shermatov_mfauz