O'zbek tili: dunyo bo'ylab o'rganish
O'zbek tilini boshqa davlatdagi o'rganuvchilar uchun qulay bo'lgan dastur yaratish uchun quyidagi loyihani taklif qilaman. Loyiha maqsadi: O'zbek tilini o'rganishni istagan chet el fuqarolariga qulay va samarali o'quv dasturi yaratish. Bu dastur interaktiv, ko'p tarmoqli bo'lib, o'rganuvchilarga tilni yangi va qiziqarli usulda o'rganishga imkon yaratadi. Loyiha tarkibi:Interaktiv platforma: O'zbek tilini o'rganish uchun mobil ilova va veb-sayt yaratiladi. Unga quyidagi funksiyalar kiritiladi:Grammatika va lug'at: O'rganuvchilar uchun oddiy va murakkab grammatik qoidalar, so'z boyligini oshirish bo'yicha interaktiv mashqlar.Audio va video materiallar: O'zbek tili so'zlashuvlarini tinglash va video materiallar orqali talaffuzni yaxshilash.O'zbek tili dialoglari: Foydalanuvchilar real hayotda foydalanishi mumkin bo'lgan dialoglarni o'rganish.Gamifikatsiya elementlari: O'rganuvchilarni rag'batlantirish uchun ball tizimi, musobaqalar va sertifikatlar. Mazkur loyiha bo`yicha alohida loyiha qilganman!