yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Mahallalarda "San'at Maktablari"ni tashkil qilish

Yo'nalish: Madaniyat va san'at
Muallif: Bobur Hakimov
Holati: Tasdiqlandi
Mahallalarda yoshlar uchun badiiy san'at kurslarini tashkil qilishimiz kerak. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tqazishlarini taminlash, ijodkorlik salohiyatlarini oshirish, yosh talantlarni, san'atkorlarni kashf qilish va yetishtirish maqsadida mahallarda farqli badii san'at turlariga oid to'garak , akademiya va ustaxonalar tashkil qilish darkor. Poytaxtimizdaki Yoshlar Markazida tashkil qilingan kulolchilik akademiyasi singari tashkil qilnadigan farqli san'at turlaridaki akademiyalar yoshlar uchun juda foydali bo'ladi. Ham bu yoshlarga kelgusida o'z ustaxonalarini, kichik biznesini tashkil qilishga va yurtimizda kreativ iqtisodiyot bozorini shakllanitirishda muhim rol o'ynashi mumkin. Masalan kulolchilik, kaligrafiya, xattotlik, minyatur, duradgorlik, misgarlik, tut daraxti po'stlog'dan uy sharoitida qog'oz ishlab chiqarish, rassomlik, qo'l san'atlari, kashtachilik, tikuvchilik, musiqa, abri bahor san'ati (suv yuzasida rasm chizish) vhk. Bunda muhim bo'lgan bir qancha husus shulardan iborat: 1) zamonaviy va interfaol o'quv dasturi ishlab chiqish 2)qisqa muddat ichida (3-4 yoki 5 oy) yosh san'atchilarning o'z asarlarini chiqara oladigan saviyaga yetqazish (havaskor saviyasi) 3) yosh san'atchilarning asarlarini namoyish qiliadigan mahalliy va respublika ko'rgazmalarini tashkil etish, 4)ularni muntazam rag'batlantirish ; Ushbu san'at turlari faqat yoshlar uchungina bo'lib qolmay mahallada istiqomat qiluvchi yurtdoshlarimiz uchun ham ochiq bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Zero san'at inson ruhini tozab, uni yaxshilikka undaydi. Qilinishi kerak bo'lgan ba'zi ishlar: mahallada ushbu darslarni bera oladigan kadrlar ro'yxatini shakllantirish; kerak bo'lganda zarur kadrlarni yetishtirish uchun tegishli idoralarga ijtomoiy buyurtma berish; ba'zi san'at turlarini faqat ma'lum bir hududda qolib ketishini oldini olishga harakat qilish masalan kulolchilik faqat Rishtonda emas, tut daraxti po'stlog'dan uy sharoitida qog'oz ishlab chiqarish faqat Buxoroda emas boshqa viloyatlarda chekka chekka hududlarda ham o'rgatilishi, yoyilishiga harakt qilish kerak. Darslar haftada bir marota bo'lib o'tadi Guruhlar eng kam 5 kishidan 7-8 kishigacha bo'ladi Kurslarga yozilishni istaganlardan faqatgina san'at to'garagi uchun kerakli xom ashyoga ketadigan xarajatlar va ta'lim beruvchi maoshining uchdan birini qoplash uchun kerakli xarajatlar olinadi. Qolgan barcha xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Yoki tegishli fondlardan yordam olinadi. Xulosa qilib aytganda mahalla qoshidagi ushbu akademiyalar mahalla intitutining aholi orasida obro' e'tiborining ortishiga, xalq orasida san'atchlar auditoriyasining kengayishiga, respublikada ijodkorona atmosera shakllantiril'shga yoradm beradi. Ushbu g'oya Turkiya davlatida amalda tadiq qilingan bo'lib, kamina tomonida yaxshilab o'rganib chiqildi.
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.