Ekologiya uchun loyiha
Muallif:
Nilufarxon Madaminova
Holati:
Tasdiqlandi
Asosiy loyiham "Sun'iy ko'l" deb nomlanadi. Hozirgi kunda butun dunyoda eng global muammolardan biri bu suv tanqisligi muammosi. 2030-yilga kelib insonlar orasida ushbu muammo yanada kuchayadi. Inson hayotini albatta suvsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Bu muammo natijasida hayvonlarning noyob turlari yo'qolib ketmoqda. Ushbu muammoni oldini olish uchun biz yuzimizni yokida tishimizni yuvganda tejayotgan suvimiz yetarli bo'lmaydi. Shunday ekan biz ushbu muammoni oldini olishimizda ushbu loyiha qo'l keladi. Loyihaning amalga oshirish tartibi shunday bo'ladi, dastavval o'quvchilar o'rtasida chellanj o'tkazib, plastik idishlar yig'iladi. Keyin ularni qayta ishlashga topshiriladi va geomembrana hosil bo'ladi. To'g'ri sizlarda savol paydo bo'lishi mumkin. Ya'ni geomembrana nima? degan. Geomembrana haqida ma'lumot beradigan bo'lsam geomembrana bu plastik idishlarni qayta ishlash natijasida hosil bo'ladigan, huddiki klyonkaga o'xshagan lekin juda ham mustahkam bo'ladi. Ushbu geomembranadan sun'iy ko'l paydo bo'ladi. Ushbu sun'iy ko'llar tabiiy ko'ldan unchalik farq qilmaydi. Undan insonlar bemalol suvga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishlari mumkin bo'ladi. Nafaqat insonlar balki qushlar ham ushbu ko'ldan bemalol suv ichishlari mumkin bo'ladi. Shu o'rinda geomembrananing chidamliligiga ham to'xtalib o'tmoqchiman. Geomembrana issiqda qizib suv bug'lanib ketmaydi yoki sovuqda teshilib suv tuproqqa singib ketmaydi. Bu esa ko'lda yil bo'yi suv bo'lishini ta'minlaydi. Quyosh paneli orqali ko'lga suv chiqarish mumkin. Ho'sh bu bizga qanday foyda keltiradi? Bu har qanday vaziyatda ham yashil energiyadan foydalanish imkonini beradi. Loyihaning asosiy maqsadi suvsizlikni oldini olish, bio xilma xillikni saqlab qolish atrof muhitga tashlanayotgan chiqindilardan samarali foydalanish. Loyihadan kutilayotgan natija shuki odamlar va hozirgi yosh avlod kelgusi yillarda suvsizlik muammosidan qiynalishmasliklari va kelajakda haqiqiy "Yashil O'zbekiston"da yashashlari uchun turtki bo'ladi deb o'ylayman.
Maqsad:
1.Suvsizlikni oldini olish
2.Bio xilma xillikni saqlab qolish
3.Chiqindilardan samarali foydalanish
Natija
1.Insonlarni qiynayotgan muammodan halos bo'lish
2.Kelajakda haqiqiy "Yashil O'zbekiston"da yashashlari uchun turtki bo'ladi
Amalga oshirish tartibi
1.O'quvchilar o'rtasida chellanj o'tkazilib, plastik idishlar yig'iladi
2.Ularni qayta ishlashga topshiriladi.
3.Qayta ishlashdan hosil bo'lgan geomembranadan sun'iy ko'l hosil qilish
Loyiha himoyasida shunday savollar berilishi mumkin masalan:
1.Suniy koʼl qayerlarda yaratiladi?
2.Koʻl uchun kim joy beradi
3.Kim Suv chiqarishda yordam beradi
4.Qayerlarda quriladi ?
Suv chiqrish oson ish emas, bogʻliqlik boʻlishi kerak.Masalan biz bu loyiha bilan birinchi plastik idish yigʻamiz uni qayta ishlovchi zavodga teng yarim puliga topshiramiz ular evaziga geomenbronani tayorlab beradi undan keyin biz uni fermerga yoki bosh maydoni bor insonga beramiz va biz keyin Geologiyaga va Ekalogiyaga murojat qilamiz ular bizga hamkorlikda suv chiqarishga yordam beradi.Loyiham qisqacha shundan iborat.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!