Abri Bahor san'atini ommalashtirish
Abri Bahor ya'ni suv yuzasida rasm chizish san'atini ommalashtirishimiz mumkin. Abri bahor san'ati kitobat san'atlaridan biri bo'lib, kitob va qog'oz bezash san'ati sifatida O'zbekistonda 15-16-asrlarda o'z taraqqiyotining cho'qqisiga chiqqan hususan Kamoliddin Behozod va Alisher Navoiy asarlarini bezashda ushbu san'atdan foydalanishgan. Ammo 20 asr boshlarida mustabid tuzum davrida ushbu san'at turi O'zbekistonda tarix zarvaraqlari ostida yo'q bo'lib ketadi. Ushbu san'at Buyuk Ipak Yo'li orqali Turkiyaga qadar yoyilgan bo'lgan. Jumladan 18 asrda Buxorolik naqshbandiya shayxi Sodiq Afandi isimli shaxs Usmoniylar Davlatiga ushbu san'atni olib borib o'rgatganli haqida ma'lumotlar kunimizgacha yetib kelgan. Hozirda O'zbekistonda ushbu san'at turi bilan faqatgina 3-4 kishi shug'ullanib kelmoqda. meni taklifim ushbu san'atni avval yoshlar markazlarida keyin mahallarda ustaxonasini ochib ommalashtirish kerak. Ham ota bobolarimizning san'atiga egalik qilgan bo'lamiz, ham ushbu san'at orqali yoshlarning vaqtini mazmunli o'tqazishini taminlagan bo'lamiz. Buni amalga oshirish uchun poytaxtimizdaki abri bahor san'ati ustasi Nasiba Sotiboldievadan yordam va maslxat olish maqsadga muvofiq bo'ladi. O'zim ham hozirda Turkiyada ushbu san'atni o'rganishda davom etmoqdaman. Ushbu san'at haqida tassavur uyg'onishi uchun ilovaga rasmlar yukladim.