Raqamli kutubxonasi platformasi
„Raqamli kutubxona“ — O‘zbekiston kutubxonalari va ilmiy muassasalarida saqlanayotgan kitoblarni yagona raqamli platformada birlashtirish bo‘yicha platforma. Ushbu platforma O‘zbekistonning madaniy, ilmiy va adabiy merosini saqlash va kengroq ommaga yetkazish uchun xizmat qiladi. Loyiha quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Raqamli kitoblar bazasi — kutubxonalardagi barcha kitoblarni raqamlashtirish va OCR texnologiyasidan foydalanib, matn qidiruvini qulaylashtirish. Bunda PDF formatlari faqat skaner qilingan bo‘lib qolmasdan, matnlarni belgilash va qidirish imkoniyati yaratiladi; 2. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti va ilmiy asarlar — platformada yangi kitoblarni mualliflar bilan hamkorlikda joylashtirish, bu ijodkorlarning asarlarini kengroq auditoriyaga yetkazadi; 3. Qonuniy asoslar va hamkorlik — foydalanish qonuniy asosda tashkil etilib, mualliflik huquqlari himoya qilinadi. Mualliflar va nashriyotlar bilan shartnomalar tuziladi; 4. „Mutolaa“ loyihasi bilan integratsiya — ushbu loyihani „Mutolaa“ loyihasining ost loyihasi sifatida amalga oshirish orqali platformaning samaradorligini oshirish. Bu loyiha orqali yoshlar o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirishni ta’minlash mumkin. Afzalliklari: — Talabalar va tadqiqotchilar uchun imkoniyatlar (kitoblar va ilmiy asarlar bo‘yicha izlanishlar osonlashadi); — Madaniy merosni saqlash (eski va noyob kitoblarni raqamli shaklda avlodlar uchun saqlab qolish); — Mahalliy va xalqaro auditoriyaga ochilish (o‘zbekistonning madaniy va ilmiy salohiyatini dunyoga namoyish etish); — Interaktiv imkoniyatlar (audio va elektron kitob formatlari orqali foydalanuvchiga qulaylik berish). Xalqaro tajribada bunga oʻxshash Google Books, OverDrive, ZLibrary va Project Gutenberg singari platformalar bepul va keng kitob bazalariga ega. Ulardan andoza olish ham mumkin. Ushbu loyiha O‘zbekistonning ilmiy va madaniy merosini raqamlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lishi mumkin. Buni amalga oshirish uchun davlat organlari, nashriyotlar va mualliflar bilan hamkorlik zarur.