yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Raqamli savodxonlik

Yo'nalish: Inklyuziv ta'lim
Muallif: Rustam Jumanazarov
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu aleykum, taklifim shundan iborat edi: Bilamizki, garchi yurtimiz rivojlanishiga qaramasdan, ba'zi hududlar rivojlanishdan ortda qolib ketyapti. Men asosiy urg'uni yoshlarni rivojlanishiga qaratdim. Hozirda raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan davri. Men va men kabi imkoniyat borlar, shaharda o'qiyotganlar bu ma'lumotlar bilan xabardor, lekin chekka hududdagilar bundan mustasno. Ushbu "Digital Bridge" ni tiklash uchun shu loyihani o'yladim. Bu "Raqamli savodxonlik" loyihasining asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan ya'ni chekka hududdagi yoshlargi kompyuter savodxonligi haqida tushunchalar berish. Buning uchun biz hududlarni ro'yxatini olamiz va har bitta hududga 1 yoki 2 hafta davomida o'qitamiz. Jarayon uchun bizda ikki xil yol bor: mahalliy maktablarga o'zimiz bilan kompyuter qurilmalarini olib borib, ularga o'rgatish, shuningdek hududlarda internet bilan muommolar bol'sa hamma narsalarni kompyuterga yuklab borish. Bu bilimlarni biz darsdan song har bir guruhda 15 tadan o'quvchi bilan 2 soatdan olib borish va shunda 4 ta guruh bo'ladi 8 soatlik vaqt uchun. Yoki darslar bilan integratsiya qilish. Lekin ba'zi maktablar hududdan ancha uzoqda bo'lgani uchun ba'zi o'quvchilarga qiyinchilik bo'lib qoladi. Shu sababli ikkinchi usuli avtobuslarni komyuter jihozlarini joylashtirib hududma-hudud yurib o'rgatish. Jarayon bir xil boladi. Foydali taraflari yurtimizdagi barcha yoshlar kompyuter saxodxonligi bilan tanishadi, qiziquvchilar uchun bu yo'nalishni davom ettirishga yordamlar ham beriladi.

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.