yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Ijtimoiy himoyaga muxtoj va nogironligi bor yoshlar bilan maqsadli ishlash

Muallif: Husniddin Toshpolatov
Holati: Tasdiqlandi

Loyihaning maqsadi:O’zbekistonda ijtimoiy himoyaga muxtoj nogironligi bor yoshlar bilan ishlash uchun loyiha yaratish,ularning hayot sifatini oshirish va jamiyatga integratsiyasini ta’minlash. Loyihaning asosiy yo’nalishlari: 1.Ta’lim va kasbiy tayyorgarlik. -Maxsus ta’lim dasturlari va kasbiy o’quv kurslarini tashkil etish. -O’qituvchilarni va mutaxasislarni tayyorlash. 2.Psixologik va ijtimoiy yordam. -Psixologik maslahatlar va guruh terapiyalarini o’tkazish. -Ijtimoiy faoliyatlar va tadbirlar orqali yoshlarni birlashtirish. 3.Ijtimoiy integratsiya. -Jamiyatda nogironligi bor yoshlar uchun ijtimoiy tadbirlar va sport musobaqalarini tashkil etish. -Ijtimoiy muloqotni rivojlantirish uchun platformalar yaratish. ! Loyihani amalga oshirish. -Mahalliy jamoat tashkilotlari va davlat idoralari bilan hamkorlik qilish. -Moliyaviy resurslarni jalb qilish va grantlar olish. -Loyihaning natijalarini baholash va takomillashtirish uchun monitoring tizimni yaratish. Ushbu loyiha O’zbekistonda nogironligi bor yoshlar uchun ijtimoiy himoyani kuchaytirishga yordam beradi va ularning hayot sifatini yaxshilaydi.

Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.