yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Ibrat Farzandlari loyihasini har bir maktabda tashkil etish !

Muallif: Abubakr Baratov
Holati: Tasdiqlandi

Assalomu alaykum hurmatli agentlik xodimlari va Alisher aka Zafarovich ! Ismim Abu Bakr Men ibrat farzandlari loyihasi tashkil qilinganida juda hursand bo’lgandim… sababi Jadid bobolarimizni eng pirovard maqsadlaridan biri bu millatni farzandlarini ilmli qilish edi va bu uchun sizga (Alisher Zafarovich) katta minnatdorchiligimni bildirmoqchiman ! Meni ushbu forum uchun tayyorlagan loyiham IBRAT FARZANDLARI ga taalluqlidir ! Ya’ni bu loyihani va shu bilan birgalikda USTOZ AI va Boshqa kasbiy xunarlarni o’rgatuvchi loyihalarni jamiyatdagi yoshlar orasida yanada targ’ib qilib , qog’ozlarda emas balki amalda va hayotda ham bu loyihani yoshlarimizni najotkori va Brendiga aylantirmoqchiman ! Loyihadagi Jamoa majburiyatlari - Viloyat,Tuman, Shaharlardagi yetakchilarni Ibrat Farzandlari va Ustoz Ai va Mutolaa loyihalari bo’yicha olib borayotkan targ’ibot va tashviqot ishlarini Monitoring qilish va kamchiliklarni bartaraf etish ! 2- hududlarda maxsus reja bilan Ushbu loyihalarga bo’lgan qiziqishni orttirish va aktiv foydalanuvchilar sonini oshirish va shu bilan birgalikda natijalarni tahlil qilish 3- Ibrat Farzandlari orqali ta’lim olgan yoshlarni(ielts ,toefl olganlarini chet elga shartnomalar bilan ishlarga joylashtirish ishlarini olib borish ) 4- har bir hududda ushbu loyihaga atab qo’yilgan maxsus bekatlarni tashkil qilish ( mablag’ dadturlarga reklamalar qabul qilish va uni shu bekatlarni va rejalarni amalga oshirishga yo’naltiriladi ) Loyihani borishi - 2025-yilni avvaliga Agentlik Qoshidagi Ibrat Farzandlar loyihasi xodimlari bilan Bir ishchi guruh (valantyorlar ham mavjud bo’ladi ) tashkil qilinadi va bu guruh Respublikamizda Ibrat Farzandlari loyihasini Hududlararo rivojlanish va foydalanish koeffitsentlarini har oyda shakllantirib boradi va sizga hisobot topshiradi . Hududlardagi Yetakchilarni bu Loyiha bo’yicha yoshlarni qanchalik ogohlantirilayotkani va yoshlarni jalb qilayotkanini har haftalik info yig’adi va sizga hisobit topshiradi ! Har haftaga bir hudud belgilanib olinib shu hudud (tuman;shahar;yoki viloyat )dagi maktablarda ibrat farzandlari kunlari va Ustoz ai kunlari tashkil qilinadi va bu kunda loyiha haqida maktab yoshlariga (to’liq qamrab olingan holatda ) bu loyihalarni manfaatlari va undan foydalanish bo’yicha instruktsiyalar beriladi va shunday qilib bir hududdagi barcha maktablar qamrab olinadi va Ibrat Farzandlariga qamrov ortadi ! Jamoa hududlar kesimida Ibrat Farzandlari va Ustoz Aai Loyihalariga qiziqish foizlari o’rganiladi va hududlarda bu loyihalarga qiziqishni ortirish ishlari ketma-ketlikda olib boriladi ! Chekka-chekka hududdagi yetakchilar uchun Toshkent shahrida Agentlik dagi loyihalarni Maktab yoshlariga qanday targ’ibot va tashviqot qilib ,ularni ya’ni yoshlarni unga qiziqishini orttirish masterklass darslari tashkil qilinadi ! Bu bilan markaziy apparatdagilarni o’zlari emas balki yaxshi ta’lim olgan chekka hudud yetakchilarini o’zlari qishloqlarida ushbu loyihaga qamrovni orttiradi ! Chekka hududlarda navbatma navbat Ibrat Farzandlari xonalarini Respublikamizdagi Ko’ngilli homiylarni (buni bizni jamoa albatta eplaydi )jalb qilish orqali tashkil qilish ! 2025 yil so’nginga qadar kamida 10 viloyat to’liq qamrab olinadi ! Agar imkon bersangiz yanada chuqur rejamiz bilan sizga taqdimot qilib berardik ustoz ! Katta rahmat ! Shiorimiz - Jadid bobolarimiz ulgurmaganiga biz ulgurishimiz kerak !

Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.