"Street-art – kelajakni bugun yarat!"
Yurtimiz shaharlaridagi ko‘p qavatli binolar devorlarini bo'sh qismini zamonaviy Street-art va Mural san’at asarlari bilan bezash orqali yoshlar uchun tarbiyaviy, vatanparvarlik va ilhom manbaini yaratish. Ushbu loyiha yoshlarga chuqur ta’sir ko‘rsatib, ularning kelajakdagi tarbiyasi va ijodiy rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
Loyihaning asosiy vazifalari shundan iboratki, yoshlar tarbiyasida mural va street-art asarlarini barpo etish ma’naviyatimiz, bilimga chanqoqligimiz va milliy qadriyatlarimizga uyg‘un holda yaratish muhim ahamiyatga egadir.
Asarlarda quyidagicha ijtimoiy muhim mavzularni yoritish lozim.
"Ekologiya muhofazasi" (Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot),
"Sog‘lom turmush tarzi",
"Vatanparvarlik va bilimga chanqoqlik",
"Fan, texnologiya va san’at" hamda boshqa sohalardagi mavzularga oid milliy va zamonaviy ruhdagi tasviriy va amaliy san'at konsepsiyalarini yaratish.
Shahar qiyofasini yaxshilashda ko'cha san'atining o'rni muhimdir. Binolarning jozibadorligini oshirish va zamonaviy shahar madaniyatini rivojlantirish. Odamlarni vizual san'atga bo'lgan qiziqishini oshirishda shahar qiyofasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Loyiha orqali chekka hududlardagi iste'dodli rassom va grafik dizaynerlarga o‘z iste’dodlarini namoyish qilish imkoniyatini berish, moliyaviy rag'batlantirish va "ARTIST" MCHJ (yosh rassomlar ijodiy guruhi) tomonidan kompozitsiya yaratish, Mozaika, Freska, Sgraffito, Mural va dekorativ uslublarni o'rgatish hamda, zamonaviy planshetlarda Procreate, Adobe illustrator va boshqa elektron ko'rinishdagi eskizlar yaratish dasturlarini qo'shimcha o'quv kursi tashkil qilinib, bepul o'qish imkoniyatini berish.
Loyihani tayyorlov bosqichida mahalliy hokimiyatlar va binolar egalari bilan bitim tuzish.
Joylarni tanlash va mavzularni aniqlashtirish. Mavzularni aniqlashda obyekt atrofida bolalar bog'chasi, maktab va boshqa yoshlarni rivojlantirishga oid maskanlar bo'lsa yaratiladigan asar mazmunida ushbu joy bilan o'zaro bog'liqlik (sintez) bo'lishi lozim.
Maktab mahalla va OTMda ijodiy tanlovlar o'tkazish, professional va havaskor rassomlar o‘rtasida eskiz g'oyalarini tanlab olish, har bir asar mavzusi va mazmuni ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim. Sababi yaratilayotgan katta hajmdagi asarlarning mazmuni muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ishlarning yaratish jarayoni belgilangan joylarda mural va street-art asarlari uchun ijodiy-texnik jamoalar tashkil etish lozim. Amaldagi jarayonda xavfsizlik choralari (avtovishka) va sifatli devor, yomg'irga, issiq-sovuq ob havoga chidamli bo'yoqlar sifatini nazorat qilish.
Street-art yaratilganidan so'ng targ‘ibot ishlarini olib borish orqali uning ma’nosini va joylashuvi haqida xalqimizga, sayohatchilarga ma'lumot beruvchi sayt yoki ilova yaratish, hamda mavjud joylashuvlarga ekskursiyalar tashkil qilish insonlarga o'zgacha kayfiyat baxsh etadi.
Loyiha doirasida yosh ixlosmand rassomlar uchun master-klasslar va hiyobonlarda bolalarni rasm chizishlari uchun sun'iy devorlar tashkil qilish art-teramiyani ham rivojiga hissa qo'shadi.
Asosiy mavzular sifatida O‘zbekistonning milliy qahramonlari (zamonamiz jadidlari) va tarixiy siymolar shaxsini tasvirlash.
Mahalliy va global ekologik muammolarga tasviriy yechim.
Texnologiya, innovatsiya va ilm-fan rivoji.
Yoshlarni sport, san’at va fan sohasidagi bilimdon yoshlarni, olimpiyada va paralimpiada g'oliblarini rag‘batlantirish uchun "O‘zingni devorlarda top!" Shiori ostida ularni mardonavor qiyofasini tasvirlarda yaratish bishqa yoshlarga kuch bag'ishlaydi.
Loyihani moliyalashtirishda mahalliy hokimiyat va davlat organlari, homiylar va tadbirkorlik tashkilotlari. Xalqaro grantlar, madaniyat va san'atni rivojlantirish fondi, boshqa jamg'armalar...
Loyihaning kutilayotgan natijalar, shahar arxitekturasi muhitining estetik yaxshilanishi.
Xalqimiz, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ma’naviyatimiz va ijodiy muhitni rivojlantirish.
Zamonaviy street-artlar orqali milliy va ijtimoiy masalalar, muammolarga e’tibor qaratib, ijobiy yechim topish.
Monumental rangtasvirchi rassomlarning ijodiy o‘sishi uchun moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish, ularni o'z kasbini sevib hurmat qilishi, kelajagiga ishonchini oshirishdir.
Loyihani 2025 yil yanvar oyidan tanlangan obyektlarga eskiz jarayonlarini boshlash lozim.
Birinchi bosqichdagi asarlarni yaratish 2025 yilning bahor faslidan boshlanishini rejalashtirish kerak.
loyihani sinov muddati davomiyligi 1 yil (2026-yilgacha ijobiy loyiha deb topilsa uni davom ettirish).
"Street-art – kelajakni bugun yarat!"
Quyida 10 yillik tajribaga asoslanib yaratilgan asarlarni taqdim etamiz.
(Asarlar va eskizlar "ARTIST" MCHJ tomonidan mualliflik huquqi bilan himoyalangan)
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!