yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2024

Nogironligi bo‘lgan yoahlarning bandligini ta'minlash

Muallif: Sobirjon Abdujalilov
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum, hurmatli yoshlar jamoasi. Mamlakatimizdagi har bir yoshning ovozini eshitish, ularning munosib turmush darajasini ta'minlash bugun davlat siyosatidagi masaladir. Shu maqsadda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun hunarmandlik uyi tashkil etilishi ularning kasb-hunar o‘rganishi va ish bilan ta'minlanishi uchun juda dolzarb masaladir. Loyihaning dolzarbligi: Bunday loyihani hali O‘zbekistonda keng ko‘lamda ishlaganini ko‘rmaganmiz. Hozirgi kunda monomarkazlar bor. Lekin, alohida imkoniyati cheksiz maskan loyihasi alohida mavzudir. Maqsadi: 1. Yoshlarga umid, kuch, ishonch berish. Ularning ertangi kuni uchun dadillik bilan harakat qiliahini ta'minlash. Kursni tugatgach esa individual ishlash yoki jamoviy ishlashni o‘zi hal etish barobarida mustaqil fikr, mustaqil harakatga ega bo‘la olishini ta'minlash. 2. 6 yoki 12 oy ularni markazda o‘qitish. Ularga doimiy ravishda psixologik va motivatsiyon tarzda o‘zini ifoda etishi uchun har qanday lahzada imkoni borligini anglatish. Musiqa, adabiyot, san'at sohasiga qiziqqan yoshlarni ham markazda professional kadrlar bn yuzlashtirish. Hamda to‘g‘ri turmush tarzida parvarish etish. 3. Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun hech bo‘lmaganda viloyatlatda bo‘lsin bittadan''Kasblar uyi'' tashkil etilishi kk. Ularni bir manzilga birlashtiradigan, bir maqsadga yo‘naltiradigan joy.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.