yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2023

Oliy Ta'lim Muassasalarida dars vaqtini qisqartirish

Muallif: Adhamjon Xalilov
Holati: Tasdiqlandi

Oliy Ta'lim Muassasalarida 1 para dars 80 minutga to'g'ri keladi. Ma'ruza darslarida o'qituvchilar dars o'tishadi. Talabalar shu ma'ruzaga uzog'i bilan 40-50 daqiqa diqqatini jamlay oladi xolos. Natijada ma'ruzaning qolgan qismini talabaning miyasi qabul qilmay qoladi. Bu tabiiy xolat. Inson miyasining tuzilishi shunaqa. Taklifim shundan iborat-ki, dars vaqtini ya'ni 1 para darsni 80 daqiqa emas 45-50 daqiqagacha tushirish. Fikri ojizimcha bu yo'l o'zini oqlaydi. Chunki 2020-o'quv yilining noyabr-dekabr oyi davrida, pandemiya sababli darslar xuddi shunaqa 45 minutgacha qisqartirilgandi. Buni agar hozirgi holat bilan solishtiradigan bólsak, o'sha vaqtda Talabaning Foydali ish koeffitsiyenti yuqoriroq bo'lgan deb o'ylayman. E'tiboringiz uchun rahmat !

Izoxlar (19)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.