"Bekatlarda quyosh energiyasi"
Bekatlar har qachongidan ko'ra ham zamonaviy ko'rinishda bo'lishi va har tomonlama sharoitga ega bo'lishi zamon talabi bo'lib ulgurdi. Bekatlardagi yoritish, quvvatlash va to'lov tizimlarining hammasi elektr energiyasiga ehtiyoj sezadi. Zamonaviy bekatda jamoat transportini kutish paytida gadjetlaringizni quvvatlashingiz, noutbukingizni quvvatlash barobarida muhim amallarni bajarishingiz mumkin. Bularning barchasi ekologik sof energiya samaradorligiga erishish muhimligini ko'rsatadi. Har bir bekat quyosh batareyasi bilan quvvatni o'zida saqlasa, undan turli foydali ishlarda samarali foydalanishi mumkin. Masalan qish faslida isitish tizimlari ham yil davomida quyoshdan olingan energiya hisobiga ishlashga o'tadi. Bu esa o'z navbatida quyosh panellari bilan birgalikda energiyani saqlovchi generator va batareyalar ham zarurligini ko'rsatib turibdi. Bekatlar tadbirkorlik subyektlariga rekonstruksiya sharti bilan foydalanish uchun berilishi lozim.