Ochiq minbar
Assalomu alaykum. "Ochiq minbar" loyihasi boshlanishiga universitetlar oʻrtasida boʻlib oʻtadi va har birida agentlikning ishonchli vakili kuzatuvchi sifatida qatnashishi talab etiladi. Tanlovda har xil yosh toifasidagi 7 kishilik jamoalar ishtirok etishi mumkin, yagona talab universitet talabasi boʻlishi kerak. Tanlovda birinchi bosqichda jamoalar erkin mavzuda global muammolarga yechim berishlari kerak. (Hozirda tanlov nizomi ustida ishlayapman) Bu orqali jamoadagi eng faol yoshlarni tanlab olishimiz oson boʻladi. Keyingi bosqichlarda saralangan yoshlardan jamoalar shakllantiriladi va hal qilinishi kerak boʻlgan muammolar mavzu qilib beriladi. Bu loyihadan asosiy maqsad 2030-yilga borib "Yoshlar" partiyasini tashkil etish. Bu partiya bizga nima uchun kerak? Maʼlumki har 5yilda deputatlar saylovi boʻlib oʻtadi, deputatlikka nomzodlar har xil soha vakillari ichidan tanlanadi. Lekin agar "Ochiq minbar" loyihamizda faol ishtirok etayotgan yoshlarni toʻplab "Yoshlar" partiyasini tashkil qilsak, keyinchalik xalq deputatiligiga nomzodi tavsiya etilgan yoshlarimiz mahalliy va global muammolarni tahlil qilib, maʼnili yechim bera oladi.