Turizm sohasi yoshlar nigohida
Biz bilamizki, bugungi kunda ko'pchilik mamlakatlarda turizm sohasi har tarafalama manfaatli bo'lib kelmoqda. Shu sababdan aynan turizm sohasi bo'yicha o'z taklifimni bildirmoqchiman.
Yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi qoshida turistik firma tashkil qilamiz. Bu turizmning boshqalaridan farqi shundaki, bu faqat yoshlar o'rtasida, ya'ni O'zbekistondagi OTM talablari va shu OTM lari bilan memarandum imzolagan xorijiy mamlakatlar talabalari o'rtasida faoliyat ko'rsatadi.
Yurtimizning har bir viloyati o'zining boy tarixiy yodgorliklari, qadimiy minorayu, masjidalari, go'zal tabiati bilan ajralib turadigan maskanlariga ega. Jumladan, Xorazm, Buxoro, Samarqand kabi joylar tarixiy yodgorliklari bilan mashhur bo'lsa, Surxandaryo, Jizzax, Namangan, Farg'ona, Toshkent kabi viloyatlarimiz, go'zal tabiati bilan e'tiborga loyiq. Shunday joylarda kichikroq maxsus turistik zonalar tashkil qilib, boshlanishiga yurtimizdagi OTM larining faol talabalarini rag'batlantirish sifatida jo'natamiz.
Keyinchalik Universitetlarda xorijiy mamlakatlar bilan imzolangan memarandumlardan foydalanamiz. Yoshlar yetakchilari ko'magida xorijiy tillarni yaxshi biluvchi talabalardan tashkil topgan jamoa shakllantiramiz.
Bu jamoalar memarandum imzolagan ikkala universitet talabalarining online muloqot qilib, yurtimiz haqida o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob topishlariga ko'maklashamiz. Turistik firma faoliyatida davomida o'zaro grantlar, stipendiyalar, sayohatlar uyushtirib, chet davlatdagi tengdoshlarimiz bilan do'stona aloqalarni yo'lga qo'ysak, nafaqat, dunyoqarashimiz o'sadi, dunyo ko'ramiz, balki, o'zbek millati, tili, tarixi, milliy qardiyatimiz, qadimiy yodgorliklarimiz bilan ham o'rtoqlashamiz. Ro'y berayotgan ijtimoiy, siyosiy o'zgarishlarga o'z munosabatimizni bildiramiz, turli tadbirlar, debatlar uyushtiramiz.
Natijada biz yurtimizda nafaqat turizm sohasida, balki ta'lim, sport, san'at sohalarida ham xorijiy tengdoshlarimiz bilan fikr almashib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shuvchi ko'plab amaliy ishlar qilishimiz mumkin. Bu talabalarning til o'rganishi uchun ham motivatsiya bo'ladi, desak adashmaymiz.
Biz yoshlar xorijiy mamlakatlar yoshlari bilan aloqalarni yo'lga qo'yib, o'zaro davlatlarimiz haqida online, ofline bir birimizga axborotlar berib borsak, bu har ikkala mamlakat yoshlari uchun ham manfaatli bo'ladi.
Yangi O'zbekistonning yangi maskanlarini birgalikda kashf qilamiz!
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!