yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2022

Sifatli va korrupsiyasiz oliy ta’lim jamiyat rivoji

Muallif: Адхам Жўраев
Holati: Tasdiqlandi
Biz Oliy ta’limni yanada isloh qilish, o’quv samaradorligini yanada oshirish maqsadida juda ko’plab izlanishlar olib bordik. Biz o’z izlanishlarimiz natijasida shuni ta’kidlay olamizki shu kungacha oliy ta’lim tizimida sohaga aloqasi bo’lmagan fanlarning o’quv rejaga kiritilishi bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda, mutaxasislikka aloqasi bo’lmagan fanlarga tayyorlanish asosiy fanlarga vaqt yetishmasligi, qo’shimcha fanlardan tayyorlanish natijasida asosiy fanlarni o’zlashtira olmasligi natijada u fandan ham bu fandan ham chuqur bilimga ega bo’lmasligi natijada yaxshi baho olmoqchi bo’lgan talaba uchun korrupsiya va norozilikka yo’l ochilishi bu esa o’z navbatida butun ta’lim muasasi mamuriyatida qo’yinki butun tizimda norozilik kayfiyatini vujudga keltiradi, mustaqil ishlarni ilmiy ish ko’rinishida ishlab chiqilmasligi, Universitetlar qoshida ilmiy-tekshirish institutlarining tashkil etilmaganligi, imkoniyati cheklangan yoshlarga alohida stpendiyalarning joriy etilmaganligi, talabalar turar joylarining yetishmasligi va Oliy ta’lim formalarining ixtiyoriy emasligi. Biz o’z izlanishlarimiz natijasiga ko’ra shunga amin bo’ldikki har bir muammoga izchillik bilan yondashib uning yechimini topish lozim. 2020 yil 1 iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi va amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bunda: •    oliy ta’lim standartlarini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish; •    ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlarni qayta ko‘rib chiqish; •    mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish; •    kredit-modul tizimini joriy qilish tartibini ishlab chiqish; •    talabalar bilimini baholashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish; •    fan dasturlari va o‘quv rejalarini takomillashtirish; •    professor-o‘qituvchilar faoliyatini yangi tizimga muvofiqlashtirish; •    o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning huquqiy maqomi va byudjet tashkilotidan farqini aniq belgilash, shu jumladan, ularga oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini mustaqil sarflash va o‘z balansidagi mol-mulkni mustaqil tasarruf qilish, xususan, mol-mulkini ijaraga berish va kelgan tushumlarni to‘lig‘icha o‘zida qoldirish tartibini joriy qilish; •    byudjet tashkilotlariga nisbatan belgilangan cheklovlar o‘zini-o‘zi moliyalashga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmasligini belgilash; •    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlar chegarasini aniq ko‘rsatish; •    vazirlik sohada regulyator sifatida barcha oliy ta’lim muassasalari uchun bir xil siyosat yuritishi, umumiy talablarni qo‘ygan holda ularning ta’lim mazmuni va usuli borasidagi faoliyatiga aralashmasligi nazarda tutiladi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, shu jumladan: * oliy ta’lim bilan qamrov va ta’lim sifatini ta’minlash sohasida: -oliy ta’lim bilan qamrov darajasi pastligicha qolmoqda; -amaldagi malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmagan, o‘quv rejalarida nomutaxassislik fanlari ulushi yuqoriligicha qolmoqda; -oliy ta’lim muassasalari va kadrlar buyurtmachilari bilan o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagan, ish beruvchilarning oliy ta’lim mazmunini shakllantirishdagi ishtiroki yetarli emas; -talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari shakllantirilmagan; -ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar samarali tashkil etilmagan, tayyorlanayotgan mutaxassislar malakaviy darajasi mehnat bozorining zamonaviy talablariga yetarlicha javob bermaydi; -professor-o‘qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish darajasi pastligi sababli ularning kasbiy mahorati bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda; -o‘quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib, mavjudlarining aksariyat qismi zamon talablariga javob bermaydi, o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan; -oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalarini o‘tkazishning shaffof mexanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar g‘oliblari bilan ishlash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmagan; -iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta’lim muassasalariga talabalarni saralab olish mexanizmlari mavjud emas; -pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan, jumladan malaka oshirish muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb qilinmagan, malaka oshirishga jalb etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi; -oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud. Oliy ta’limda har sessiya tugagunga qadar talabalarga mustaqil topshiriqlar beriladi bunda talabalarning aksariyati internet tarmoqlaridan foydalanib tayyor mavzularni chiqarib olishib topshiriqlarni osongina bajarishadi. Lekin shu topshiriqlar o’qituvchilar tomonidan ilmiy ish tariqasida talab etilsa va har bir talabaga bitta o’qituvchi biriktirilib, talaba shu o’qituvchi bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Buning natijasida talaba ham o’z ustida ishlashga majbur bo’ladi va o’z ilmiy salohiyatini oshiradi hamda talabada ilmiy ish yozish ko’nikmalari shakillanadi. Talabaga biriktirilgan o’qituvchi talabaga yo’l yo’riq ko’rsatishi uning olib borayotgan ilmiy ishidagi kamchiliklarni to’ldirishi va takliflar bildirishi lozim. Hozirgi kunda talabalar o’zlari olgan nazariy bilimlarni amalga oshirishlari uchun Universitet qoshidagi ilmiy tadqiqot institutlarini juda kamligi ularning o’z narziy bilimlarini amalyotda amalga oshira olmaslik muammosini keltirib chiqarmoqda. Talabalar o’z bilimlarini nazariyalar bilan cheklab qolmasligi kerak, ular o’zlari olgan bilimlarning amalyotdagi samarasini ham ko’rishlari lozim. Shu amalyotlar talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Ularning ilmiy izlanuvchanliklarini oshiradi. Ilmiy ish olib borayotgan yoshlar, o’qituvchilar esa shu institutlarda o’z ishlarini tajribalar asosida amalga oshirishadi. Ular ishlarining amalyotdagi samarasi va kamchiliklarini tadqiq qilishadi. Hozirgi kunda yurtimizda barcha fuqarolarning teng huquqliligini ta’minlash maqsadida juda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Universitetlarimizda nogironligi bor talabalarga “MATONAT” nomli davlat stependiyasini dasturini yo’lga qo’yish lozim. Bu orqali jamiyatda tenglik ta’minlanadi, ularni ilmiy va ilmiy tadqiqot faoliyatiga jalib qilish orqali ularning bilim salohiyatini oshirish imkoniyatini oshiradi va fan dasturlarini yaxshi o’zlashtirish imkonini beradi. Universitet yoshlari o’rtasidagi yana bir muammo bu forma kiyish masalasi hisoblanadi. Bunda har bir talaba dars o’zi istagan formada kelishi lozim deb hisoblaymiz. «Qanday kiyim kiyish masalasi erkin bo‘lishi kerak. Ta'limda ma'no muhim. Bizda ta'limning rivojlanib ketolmayotganiga ham sabab shu, ya'ni, kiyimga va ko‘rinishga qarayapmiz. Odam kastyum-shim kiyib, bo‘yinbog‘ taqqani bilan aqlli bo‘lib qolmaydi. Aslida, biz odamning o‘z bilimini oshirishi, mustaqil ta'limga e'tibor qaratishimiz kerak. Kiyim har tomonlama insonni o‘ziga qulay bo‘lishi kerak –deydi, O‘zLiDeP vakili, iqtisod fanlari doktori, professor Nodir Jumayev ham o‘z fikrlarini bildirib. Aslida ham shunday bo’lish kerak, dunyoning rivojlangan davlatlariga nazar tashlaydigan bo’lsak juda ko’pchilik davlatlarning ta’lim tizimida erkin forma kiyish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda juda ko’plab Universitetlarda muammo bo’layotgan masalalardan bir bu talabalar turar joylarining yetishmasligidir. Bu muammoga juda ko’plab o’quvchi yoshlarimiz duch kelishayapti. Buning natijasida talabalar universitetga borish uchun ijaraga turishmoq. Bu esa ularga juda qimmatga tushmoqda chunki ijara narxlari talabalar turar joylaridan bir necha barobar qimmat hisoblanad. Axir talabalar faqat ijarada turishmaydiku ularning yeb- ichishlari, kiyinishlari va h.k lar uchun ham anchagina mablag’ sarf bo’ladi. Buning oqibatida talabalar o’qishdan tashqari qo’shimcha ish izlashishadi. Albatta ishlayotgan talabaning bilim olishga bo’lgan ishtiyoqi anchagina susayadi chunki darslariga juda kam vaqt ajratishadi. Bu muammoni hal qilish maqsadida tadbirkorlarga qo’shimcha kreditlar ajratililsa va ular Universitet atrofidagi maydonlarda talabalar uylari tashkil etishsa va uning narxlarini talabalar turar joylari bilan bir xil narxdda belgilashsa juda yaxshi bo’ladi. Tadbirkorlarga esa talabalar uylari atrofidan turli savdo rastalari qurishga ruxsat berilsa bu albatta talaba uchun ham tadbirkor uchun ham juda foydali bo’ladi albtta. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Oliy ta’lim tizimini yanada isloh qilish o’quv samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o’quvchi yoshlarga har tomonlama imkoniyatlar yaratilishi kerak. Ularning ilmiy izlanuvchaligiga sharoitlar yaratish, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dars uslubiiyatlarini yaratish lozim. Bizning Oliy ta’lim muassalarimiz ham jahonning mashhur Oliy o’quv dargohlaridan qolishmasligi, ularning ta’lim tizimidan ortta qolmasligi lozim.
Izoxlar (3)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.