yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2023

VR-Classroom

Muallif: Shokirovich
Holati: Tasdiqlandi
Taklifimdan ko'zda tutilgan maqsad: Ta'lim maskanlarida VR-Classroomlar ochish va qiyin tushuniladigan va tasavur qilish orqali o'rganiladigan fan va mavzularning zamonaviy VR texnologiyalari orqali o'rgatish. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda VR darsliklarga ehtiyoj yuqori bo’lgan fanlar va mavzularning birinchi to’plamini saralash, talabdan kelib chiqgan holda VR platforma, darsliklar, vr laboratoriya xonalarini yaratish va shu darslik, platformalarda ishlash ko’nikmalarini ta’lim beruvchilarga o’rgatish. Yoshlarning ta'lim olish jarayonlarini tahlil qilib quyidagi muammolarga duch kelamiz: 1. Ko`z orqali ko`rish imkonsiz bo`lgan abstrakt olam haqidagi biimlarni egallashdagi qiyinchiliklar. 2. An’anaviy ta’lim tizimi va metodlari orqali eng yuqori o’zlashtirish imkoning atigi 60-70% da ekanligi. 3. Laboratoriya asbob va uskunalaring tannarxi qimmatligi sababli amaliy laboratoriya xarajatlarining kattaligi. 4. Tarix, geografiya, zoologiya kabi fanlarni o’rganishdagi zamon va makon bilan bog’liq muammolar. 5. Insonlarda balandlik qo’rquvini yengish, fobiya, travmadan keyingi stress buzilishi bog’liq psixologik muammolar. 6. Harbiy ta'lim jarayonlaridagi harbiy tajriba va amaliyotlar uchun sarflanadigan katta harajatlar, qayta takrorlash imkonsiz bo’lgan turli missiyalar va muhitlardagi taktik amaliyotlar. 7. Laboratoriya predmetlarini ya’ni turli moddalar, oqsil va boshqa materiallani sifatli saqlash bilan bog`liq muammolarning mavjudligi va bu kata mablag` va maxsus e`tibor talab qilishi. Mavzulashtirilgan VR darsliklar va VR laboratoriya dasturlarini yaratish orqali ta'lim olishdagi quyidagi muammolarga yechim topa olamiz: 1. AI sun’iy aql tizimini darsliklar va platformalarga qo’llash orqali ta’lim beruvchilarning mavzu va fanni o’rganishdagi yuzaga keladigan taklif va savollariga real vaqt mobaynida javob olish imkonining mavjudligi. 2. AI sun’iy aql tizimini qo’llash orqali o’quvchilarning darsga qanchalik darajada e’tibor qilayotganini nazorat qilish va to’liq e’tiborini mavzuga yo’naltirish imkonining mavjudligi. 3. Abstrakt olamni virtual reallik yordamida to’liq ochib berish. 4. O’quvchilarga qiyin tushuniladigan va tasavvur qilish orqali o’rganiladigan fan va mavzularni 90% va undan yuqori natija bilan o’rgatish. 5. Laboratoriya asbob uskuna va materiallari uchun ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytuish. 6. Laboratoriya asbob-uskuna va predmetlarini virtual modelini yaratish orqali yaroqsiz bo’lib qolishi mumkin bo’lgan modda va predmetlardan butunlay voz kechish imkoni orqali Ekologiyaga juda kata salbiy ta’sir ko’rsatadigan chiqindilardan qutilishga erishish mumkin. 7. Vertual olam va modullarni yaratish orqali istalgan zamonga va vaqtga sayohat qilib, o’sha vaqtdagi voqea va hodisalarni qahramonlar bilan yonma yon turgan holda o’rganish imkoniyati. 8. Psixologik muammolari bo’lgan insonlarga VR muolajalar, tajribalar yordamida yordam berish va davolash. 9. Harbiy ta'lim jarayonlarida navigatsiya, omon qolish va qiyin va murosasiz vaziyatlarda jamoaviy ishlash kabi o'rganish ko'nikmalariga ajoyib realizm yordamida erishish mumkin. Boshqa hech qanday texnologiya bu darajadagi ishtirok yoki tajribani VR bilan bir xil darajada ta'minlay olmaydi.
Qo'shimcha havolalar
Izoxlar (2)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.