yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2023

Maktablarda 9-sinfdan boshlab fanlarni mustaqil tanlash imkoniyati

Muallif: Sevinch Yoqubova
Holati: Tasdiqlandi
Bir qancha rivojlangan davlarda maktab o'quvchilari bir nechta asosiy fanlardan (matematika, ingliz tili va h.k) tashqari o'zlari qo'shimcha fanlar tanlash huquqiga ega. Mana shu tizimni bizning ta'lim tizimimizga moslashtirgan holda targ'ib qilish kerak deb o'ylayman. Zero aynan katta sinflardan boshlab o'quvchilar oliy o'quv yurtlariga kirishga tayyorgarlik ko'rishadi. DTM testlaridagi majburiy fanlar (ona tili, matematika, O'zbekiston tarixi) 9-sinfdan majburiy tarzda o'qitiladigan darslar qatoriga qo'shilib, qolgan fanlarni tanlash o'quvchilar ixtiyorida bo'lishi kerak degan fikrdaman. Qolgan 3 yil davomida o'quvchi ixtiyoriy fanlarni o'quv yili boshida o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Bu o'quvchi o'zining qobiliyatlarini va qiziqishlarini aniqlab, bir qarorga kelishiga va o'quv yurtlariga kirish imtihonlari uchun tayyorlanishiga katta yordam beradi.
Izoxlar (1)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.