yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2023

Yoshlarni qobilyatiga koʻra yoʻnaltirilish

Muallif: Shaxinabonu Nurulloyeva
Holati: Tasdiqlandi
Hammamizga maʼlumki yurtimiz kelajagi jamiyatimizning katta qismini tashkil etuvchi yoshlar qoʻlidadir. Ammo yoshlar qachonki oʻz qobiliyatlarini ishga solib, muvaffaqiyatga erishishga harakat qilishsagina ishonchni oqlay olishadi. Hozirgi kunda har bir yosh ilm olib OTM larga kirib diplom olishga intilmoqda LEKIN hamma ham birdek bilim olishga intiluvchan emas. Yaʼni shunday insonlar borki ularning qobilyati kitob oʻqib bilim olish uchun emas balki boshqa sohalar boʻyicha masalan Elektrotexnika, rassomlik, ustachilik, qoʻshiqchilik va shunga oʻxshash yoʻnalishlarda boʻladi.Taklifim shundan iboratki, yoshlarni qobilyatiga koʻra ular boshlangʻich maktabda ekanligidayoq ayni sohaga yoʻnaltirishga eʼtibor qaratish kk. Toʻgʻri tan olish kerakki Besh tashabbus loyihasi va Kasb hunar maktablari tashkil etilgan AMMO ular juda qisqa muddatli boʻlib yetarli samara bermaydi. Agar oʻquvchilar 4 sinfda ekanligidayoq qobilyati va iqtidoriga koʻra yoʻnaltirilsa ular kelajakda oʻz yoʻllarini topishga qiynalmagan boʻlardi. Oddiy misol tariqasida oʻzimning sinfdoshlarimdan birini koʻrsatishim mumkin. U oddiy kichik detallardan juda chiroyli va foydali buyumlar yasay olardi. Biz bilan birga institutga kirishga harakat qildi ammo baribir qiziqishi tufayli bir joyda oʻtirib kitob oʻqiy olmasdi va ming afsuski talabalikka tavsiya etilmadi. Oilaviy sharoiti tufayli yana bir yil oʻqishga tayyorlanishning imkoni yoʻq edi. Hozirgi kunda esa ming afsuski u xorijga ishlashga ketgan. Men bunday misollardan faqat bittasini aytdim xolos. Bizning sinfni oʻzida ular 5tani tashkil etadi. Endi tasavvur qilaylik bitta maktabda 3 ta 11-sinf boʻlsa ularda oʻrtacha 13ta shunday oʻquvchi bor. Endi bitta tuman, viloyat va butun respublikani tasavvur qilavering. Achinarlisi shundaki ularning orasida ham juda qobiliyatli va uddaburonlari juda koʻp. Shuning uchun bu kabi yoshlarni yoshligidan toʻgʻri yoʻnaltirib qoʻllab quvvatlansa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Aytaylik asosiy 4 soatlik maktab darsidan keyin ular oʻz sohasi boʻyicha klublarda qatnashishi mumkin. Bunday klublar maktabning oʻzida tashkil qilinishi oʻquvchilarning oʻz sohalariga boʻlgan masʼuliyati va tajribasini orttirishga yordam beradi.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.