yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2023

'' Bilim va qobilyatimizni amalda ko' rsatamiz''yoshlar dasturi.

Muallif: Musulman Sadikov
Holati: Tasdiqlandi
Hozirgi kunda maktab, kollej va litsey o'quvchilari orasida bilim egallashga bo'lgan qiziqish sezilarli tarzda pasaydi. Shubhasiz bu ularni turli xil salbiy xurujlarga (telefon jinnisi kasalligi kabi????) yetaklamoqda. Men yuqoridagi taklifim orqali yoshlarni qiziqtiradigan dasturni ilgari surmoqchiman. Bu 3 bosqichli tizimdan iborat bo'ladi. 1 - Ularning qiziqishlarini aniqlash va 3 oy davomida darsdan tashqari shu sohada chuqur Bilim egallashi uchun imkoniyat yaratish 2- keyingi 3 oy davomida shu sohada haqiqiy amaliyot o'tashni joriy qilish va yetarlicha sharoit yaratish 3-o'quvchilarning qilgan manfaatli ishiga mos tarzda yetarlicha pul to'lashni boshlash. Albatta bu miqdor yilma yil sezilarli tarzda oshib borishi zarur. Mening bu taklifim 7-sinf o'quvchilaridan boshlab joriy qilinsa, ular 9-sinfni bitirgunlariga qadar ancha malakali va oilasi uchun nafi tegadigan insonga aylanadilar. Natijada bir tomondan, kelajakda o'zga yurtlarda ishlab qiynalmaydilar, boshqa tomondan bu vatanimiz iqtisodini sezilarli darajada rivojlantiradi. Taklifimni ko'rib chiqib maqullaysizlar degan umiddaman
Izoxlar (4)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.