Ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor yoshlarni oliy ta'limda tahsil olishiga ko'maklashish
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga ko'plab imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlar ta'limi va bandligini bugungi dolzarb mavzu. Meni taklifimni asosiy mazmun mohiyati ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironligi bor yoshlarga oliy ta'limda tahsil olishiga yordam berishga qaratilgan. Birinchidan, davlat oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy himoya reestriga kirgan oila farzandlariga qabul parametrlari doirasida kvota ajratish, nogironligi bor yoshlarga mavjud kvotalar sonini ko'paytirish kerak.
Ikkinchidan, oliy ta'lim tizimida tahsil olayotgan ijtimoiy yordamga muhtoj yoshlarga ta'lim shaklidan qat'iy nazar kam foizli kredit ajratish tizimini tashkil etish zarur. Yuqorida keltirilgan taklif doirasi Yoshlar ishlari agentligi o'z loyihasini ishlab chiqishini taklif qilaman.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!