yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2025

Ishsiz yoshlarni ish bilan band qilish

Muallif: Nazokat Nishanova
Holati: Tasdiqlandi
Hozirda yoshlar o'rtasida sportga bo'lgan qiziqish bor lekin tumanning markazida joylashgan birgina sport maktabiga hamma yoshlar ham yashash joyi olis bolganligi sababli qatnasha olmaydi. Har bir tumanda OTMni tamomlab ishsiz yurgan yoshlar ko'plab topiladi, ayniqsa jismoniy tarbiya yo'nalishini tamomlagach ushbu sohada ishni davom ettirish uchun sport maktablari va maktablarda jismoniy tarbiya o'qituvchiligi bo'yicha vakansiyalar juda kam. Shu sababdan har bir mahalladagi jismoniy tarbiya yo'nalishini tamomlab ishsiz yurga yoshlarni ham ish bilan ta'minlash, ham kelajak avlodni sportga bo'lgan qiziqishini orttirish maqsadida o'zi yashab turgan mahallasida bo'sh turgan binolarda sharoit yaratib bergan holda o'z yo'nalishi bo'yicha sport to'garagi tashkillashtirishga yordamlashish. Ularga Yoshlar daftari jamg'armasi yoki homiylik asosidan inventarlar bilan ta'minlash.
Izoxlar (0)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.