yoshlarforumi.uz
Taklif
Yoshlar Forumi 2023

Ta'lim muassalarida majburiy forma talablarini yengillashtirishni huquqiy asoslarini yaratish

Yo'nalish: Yoshlar huquqlari
Muallif: Abbosbek Tojiboyev
Holati: Tasdiqlandi
Assalomu alaykum. Tashkilotchilar sizlarga ko'plab yoshlarni orzu-maqsadlari bo'lmish bir masalani ko'tarmoqchiman. Eski davr sarqitlaridan biri bo'lmish majburiy forma masalasi, xoh xalq taʼlimi sohasida, xoh oliy taʼlim sohasida zamonaviy taʼlim olishimizga to'siq bo'lmoqda. So'nggi 5 yilda bir qator yengilliklar berilgan bo'lsa ham, majburiy forma talabini imkon qadar yengillashtirish davr talabi bo'lib qolmoqda. Meni taklifim shundan iboratki taʼlim muassasalarida majburiy forma masalasini qayta ko'rib chiqish, yengillashtirish hamda ixtiyoriy forma to'g'risida aniq huquqiy mexanizmlar ishlab chiqish kerak. Ta'limga to'siq bo'layotgan davomat, forma, qog'ozbozlik kabi jarayonlarni bekor qilib, zamonaviy taʼlim standartlari asosida milliy ta'lim tizimini isloh qilish va buning huquqiy asoslarini aniq-konkret belgilab berish kerak!
Izoxlar (5)
Izox qoldirish uchun tizimga kiring yoki ro'yxatdan o'ting to!

Qidirmoqchi bo'lgan so'zni yozganingizdan so'ng, Enter tugmasini bosing.